Osiyo Kubogida yana bir iste’fo

  • 11 yanvar, 2019, 00:21
  • Azamat Umarov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor ayni kunlarda BAA yashil maydonlarida futbol bo‘yicha navbatdagi Osiyo Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. 

Tecno

Turnir kutilmagan natijalarga boy bo‘lmoqda, 1-turda Hindistonga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani uchun Tailand terma jamoasi bosh murabbiyi 2-tur oldidan iste’foga chiqarilgan edi. Bugun esa Suriya terma jamoasi ham daryo o‘rtasida otini almashtirdi.

Jamoani musobaqaga olib kelgan Bernd Shtange Iordaniyaga qarshi o‘yinda uchralgan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng iste’foga chiqarildi, chunki bu mag‘lubiyat orqali Suriyaning guruhdagi ahvoli ancha yomonlashdi, sababi, ilk turda ular Falastin bilan nursiz durangga imzo chekishgan edi. 

Germaniyalik mutahassisga javob berilgan uning o‘rniga vaqtinchalik murabbiy etib Ayman Al-Hakimiy tayinlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!