«Osiyo bolalari». Saxalinskda O‘zbekiston bayrog‘i hilpiray boshladi

Xabar berib o‘tganimizdek, Rossiya Federatsiyasining Saxalinsk viloyati, Yujno-Saxalinsk shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ilk marotaba tashkil etilayotgan musobaqada o‘zbekistonlik yosh sportchilar ham ishtirok etadilar.

O‘yinlar boshlanishi oldidan an’anaga ko‘ra ushbu musobaqada ishtirok etuvchi mamlakat bayroqlarini ko‘tarish marosimi tashkil etiladi. Bugun mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i ham ko‘tarildi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ushbu marosimda O‘zbekiston sport delegatsiyasi vakillari ham ishtirok etishdi.

s2-1-768x1024

Ertaga bellashuvlarga start beriladi va mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da (Toshkentda 12:00) esa musobaqaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «Osiyo bolalari» I qishki o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:

Tog‘ chang‘isi:

Valeriya Kovalyova
Medet Nazarov
Akilbek Buxarbaev

Figurali uchish:

Niginabonu Jamoliddinova
Azizmurod Shabazov
Diana Rahmonqulova

Snoubord:

Valeriya Mayorova
Aziz Saparbaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!