
Osiyo kubogi – 2019. Vakillik masalasiga e’tibor (Shahzod Xolboev blogi)
Mana, orzuqib kutilgan Osiyo kubogi ham boshlanish arafasida turibdi. Quyida qit’a birinchligi haqidagi turkum ma’lumotlar davomi o‘laroq, vakillik masalasiga e’tibor qaratdik. Qiziq, BAA yashil maydonlaridagi turnirda qaysi liga vakillari ko‘p, terma jamoalarga futbolchi yuborish bo‘yicha “kim chempion”? Qaysi termalarda mahalliy futbolchilar ko‘p va qaysi biri faqat legionerlardan tashkil topgan?
*** Osiyo kubogi uchun jami 552 nafar futbolchi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Shularning 47 nafari Qatar chempionatida o‘ynashadi va bundan kelib chiqadiki, qit’amizning etakchi futbolchilari aynan Yulduzlar ligasi klublarida faoliyat olib borishadi.
*** Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston va Vetnam terma jamoalari safidagi barcha futbolchilar mahalliy chempionat jamoalaridan o‘ynashadi. Ya’ni ushbu terma jamoalar safida birorta legioner futbolchi mavjud emas.
*** Aksincha, Avstraliya terma jamoasi safida 20 ta legioner futbolchi mavjud. Suriyada bu ko‘rsatkich 16, Yaman va Janubiy Koreyada esa 14 taga teng ushbu ko‘rsatkich.
*** O‘zbekiston Superligasida o‘ynovchi 17 nafar futbolchi BAA yashil maydonlarida “javlon urib” to‘p tepishadi. Shularning 16 nafari O‘zbekiston terma jamoasi safida, faqatgina bittasi (Arslonmurot Amanov) Turkmaniston terma jamoasi safida harakat qiladi.
*** Avstraliya va Yaponiya terma jamoalari “aralash tarkib”ga egadirlar. Ya’ni, “sokkeruz” safidagi 23 futbolchi umuman boshqa-boshqz 11 ligada to‘p suradi. Yaponlarda esa bu ko‘ratkich 10 taga teng.
*** Osiyo kubogi-2019 ga eng ko‘p futbolchi “Oltin Asr” jamoasidan chaqirilgan – 11. To‘g‘ri, ularning barchasi Turkmaniston terma jamoasi a’zolaridir. Bu borada turkman klubidan so‘ng “Dordoy” va “Al-Sadd” (10 tadan) jamoalari borishmoqda.
*** Musobaqada ishtirok etadigan 552 futbolchining 467 tasi OFK tarkibidagi mamlakat jamoalarida, 74 tasi UEFA, 4 tasi KAF, 3 tasi KONMEBOL va bittasi KONKAKAF tarkibidagi mamlakat jamoalaridan taklif etilgan. Ya’ni Osiyo kubogi uchun jahonning 5 qit’asidan futbolchilar etib kelishgan.
*** Tarkiblarni ko‘ra turib, Germaniya osiyolik futbolchilar uchun eng maqbul joy ekanligiga amin bo‘ldik. Zero Osiyo kubogida ishtirok etish uchun nemis diyoridan 12 futbolchi BAAga yo‘l oladi. 6 tasi Bundesliga, 5 tasi ikkinchi Bundesliga va biri Germaniya To‘rtinchi divizionida o‘ynovchi futbolchilardir.
*** Shuningdek, “Boksing dey”ni tashlab, bir yo‘la 7 futbolchi Premer-liga jamoalaridan etib kelishgan. Shuningdek yana uch futbolchi Chempionshipdan jalb etilgan.
*** Falastin termasi yarim himoyachisi Nazmi Albadavi MLSning “Tsintsinnati”, hujumchi Yoshir Islome esa Chili quyi ligasi vakili “Kokimbo Unido” jamoasida to‘p tepadi.
Osiyo kubogi-2019 ga eng ko‘p futbolchi yuborgan klublar
11 – “Oltin Asr” (Turkmaniston)
10 – “Al Sadd” (Qatar) va “Dordoy” (Qirg‘iziston)
9 – “Seres Negros” (Filippin)
8 – “Al-Faysali” (Iordaniya)
7 – “Al-Riffa” (Bahrayn), “Ahad” (Livan), “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni), “Buriram Yunayted” (Tailand), “Ahal” (Turkmaniston),
Osiyo kubogiga 1 futbolchi yuborgan mamlakatlar
Argentina – Daniel Mustafo (Falastin, “Sarmento de Leones)
Xorvatiya – Bassel Shradi (Livan, “Xayduk”)
Kipr – Musa Al Tamari (Iordaniya, APOEL)
Gretsiya – Hilol El Xelvi (Livan, “Apollon”)
Marokash – Tamer Seyam (Falastin, “Hassaniya Agadir”)
Norvegiya – Aleks Gertsbach (Avstraliya, “Rosenburg”)
Polsha – Edgar Bernhard (Qirg‘iziston, “Tixi”)
Ruminiya – Daysuke Sato (Filippin, “Sepsi”)
Sloveniya – Jaka Ixbeyshex (Falastin, “Bravo”)
Ispaniya – Gake Shibasaki (Yaponiya, “Xetafe”)
Shveytsariya – Jo Il Gvan (KXDR, “Lyutsern”)
Tunis – Ayman Xusayn (Iroq, “Sfaksen”)
AQSh – Nazmi Albadavi (Falastin, “Tsintsinnati”)
Indoneziya – Ahmet Otaev (Turkmaniston, “Persela”)
Malayziya – Alvaro Silva (Filippin, “Kedax”)
Chili – Yoshir Islome (Falastin, “Kokimbo Unido”).
Fikrlar