Osiyo kubogi. Hindiston O‘zbekistonning natijasini takrorladi

  • 15 yanvar, 2019, 14:30
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha musobaqada 3-tur o‘yinlari start oldi. Ilk turda Tailand ustidan 4:1 hisobida g‘alabaga erishgan Hindiston terma jamoasi yakunda kurashni guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo‘ldi.

Ikkinchi turda mezbonlarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan hindlar kecha Bahraynga minimal hisobda mag‘lub bo‘ldi va 3 ochko bilan guruhda so‘nggi o‘rinda qolib ketdi.

E’tiborlisi, Osiyo kubogi guruh bosqichidagi jamoalar soni 4 taga etkazilganidan buyon turnirni g‘alaba bilan boshlagan jamoa yakunda pley-offsiz qolishi ikkinchi bor kuzatildi.

Bunga qadar 1996 yilgi qit’a birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasi ham turnirni Xitoy ustidan erishilgan g‘alaba bilan boshlaganiga qaramasdan (2:0), kelgusi uchrashuvlarda Yaponiya (0:4) va Suriya(1:2)dan engilib, guruhda to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Yahyobek
15/01/2019 17:01
Омад