
Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin
"Al-Duxayl" klubi va Qatar terma jamoasi forvardi Almoez Ali "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” skautlari 22 yoshli futbolchini yaqindagina yakunlangan Osiyo kubogi davomida kuzatib borishgan va Ali ularda ijobiy taassurot qoldirgan.
Qayd etish lozimki, Almoez BAAdagi musobaqada Qatar terma jamoasi bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bundan tashqari Ali turnir davomida raqiblari darvozasiga jami 9ta gol urib, Osiyo kubogining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan edi.
Fikrlar