
Osiyo kurash konfederatsiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylandi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo kurash konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tgani to‘g‘risida avval xabar berib o‘tgan edik.
Osiyo mintaqasiga kiruvchi 25 mamlakat vakillari ishtirok etgan ushbu kongressda Konfederatsiyaning yangi prezidenti saylanishi bilan birgalikda to‘rt yillik muddatga Konfederatsiya ijroiya qo‘mitasi a’zolari saylandi.
Unga ko‘ra ijroiya qo‘mitasi tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi.
Bosh kotib – Ziyoviddin Xojiniyozov (O‘zbekiston)
Texnik direktor – Reza Nassirinejad (Eron)
Sportdagi tenglik bo‘yicha direktor – Tasni Vargez (Hindiston)
Tinchlik va sport ishlari bo‘yicha direktor – Xan Tang Chang (Xitoy Taybey)
Shuningdek, qo‘mita a’zolari Osiyo Kurash Konfederatsiyasi doimiy qo‘mitasi rahbarlarini ham saylashdi:
Sport qo‘mitasi – Chang Kay Feng (Xitoy Taybey)
Hakamlik qo‘mitasi – Moxammad Minukeda (Eron)
Protokol masalalari qo‘mitasi – Fransua Saade (Livan)
Xalqaro aloqalar qo‘mitasi – Ravi Kapur (Hindiston)
Huquqiy qo‘mita – Moxles Xasan Xayder (Iroq)
Sportchilar qo‘mitasi – Nguen Xu An (Vetnam)
Maorif ishlari qo‘mitasi – Ibragim Karimov (O‘zbekiston)
Ayollar masalalari bo‘yicha qo‘mita – Shirin Kubaeva (Turkmaniston)
Odob-ahloq masalalari bo‘yicha qo‘mita – Reza Nassirinejad (Eron)
Toshkentda kurash bo‘yicha Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan turnir o‘tkaziladi
Fikrlar