
Osiyo o‘yinlari 4-kun. Medallarimiz soni 14taga etdi, biz endi 9-o‘rindamiz (FOTO)
Xabaringiz bor shu kunlarda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida 18-Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun musobaqaning to‘rtinchi kunida vakillarimiz 10ta sport turida kurashlarda ishtirok etishdi. Dastlab og‘ir atletikachimiz Dostonbek Yoqubov (69kg) kumush medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik taekvondodan Nikita Rafalovich (-80kg) terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi. Bugun shuningdek yunon-rum kurashchilarimizdan Rustam Assakalov (87kg) kumush hamda Mo‘minjon Abdullaev (130kg) oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Umumiy hisobda sportchilarimiz bugun jami 4ta (2ta oltin, 2ta kumush) medalni hisobimizga qo‘shib qo‘yishdi.
Shunday qilib, o‘tgan to‘rt kun natijalariga ko‘ra hozircha terma jamoamiz delegatsiyasi hisobida jami 14ta medal mavjud va ular umumjamoa hisobida kechagi o‘rindan bir pog‘ona yuqorilab 9-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.
Fikrlar