Osiyo o‘yinlari. Vadim Menkov oltin medalni qo‘lga kiritdi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 1000 metr masofaga o‘tkazilgan bahslarda hamyurtimiz Vadim Menkov marraga birinchi bo‘lib etib bordi va yakunda musobaqa g‘olibiga aylandi.

U tojikistonlik Shahriyor Daminovni 0,7 soniyaga ortda qoldirib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Bu Vadim uchun Osiyo o‘yinlaridagi to‘rtinchi oltin. Bungacha u Doxa, Guanchjou va Incheonda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida chempion bo‘lgan! U bunday natijaga erishgan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!