
Osiyo o‘yinlarida ishtirok etuvchi og‘ir atletikachilarimiz tarkibi ma’lum
Yaqinlashib kelayotgan Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz vakillari qator yo‘nalishlarda musobaqada ishtirok etuvchi o‘zining optimal tarkibini e’lon qila boshadi. O‘zbekiston MOQning xabar berishicha, og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoamizning ham bo‘lajak musobaqa ishtirok etuvchi tarkibi ma’lum. Tarkibda Ruslan Nurudinov, Rustam Jangabaev, Adhamjon Ergashev kabi taniqli vakillarimiiz ham bor. To‘liq tarkib quyidagicha ko‘rinish olgan: Adham Ergashev, Doston Yoqubov, Shahzod Xudayberganov, Sunnatilla Usarov, Farhod Sobirov, Ruslan Nurudinov, Rustam Jangabaev, Muattar Nabieva, Omadoy Otakuzieva
Murabbiy: Bahrom Mendibaev;
Murabbiy: Mansurbek Chashemov;
Murabbiy: Artur Emiryan;
Massajchi: Obiddin Muslimov.
Fikrlar