
Osiyolik hujumchi Evropa ligasida hafta futbolchisi deb topildi
Xabaringiz bor kecha Evropa ligasini guruh bosqichining 4-tur uchrshuvlari bo‘lib o‘tdi.
UEFA rasmiy sayti esa musobaqaning joriy haftadagi eng yaxshi futbolchisin e’lon qildi. Unga ko‘ra "RB Zaltsburg" klubi forvardi Takumi Minamino ushbu nomga sazovor bo‘ldi. Aytish lozimki, yaponiyalik futbolchi "Rusenborg"ga (5:2) qarshi bahsda xet-trik qayd etgan edi. U bu boradagi raqobatchilari Mate Valbuena ("Fenerbaxche"), Miyat Gachinovich ("Ayntraxt") va Konstantinos Fortunislarni ("Olimpiakos") ortda qoldirdi.
Ma’lumot uchun, Minamino evrokuboklarda xet-trik qayd etgan ilk yapon futbolchisiga aylandi.
Fikrlar