Oskar de la Xoyya Makgregorni ikki raundda nokaut qilishga va’da berdi

  • 10.09.2017 15:30
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Oskar de la Xoyya Boxingscene nashriga bergan intervyusida irlandiyalik aralash usullar jangchisi Konor Makgregorni ikki raundda nokautga uchratishini aytib o‘tgan.

Floyd Meyvezer hozirda sayyoramizning eng yaxshi bokschisi. Ammo nima uchun Makgregor bilan jangni 10 raundga cho‘zdi? Uni 2-3 raundda ham nokaut qilsa bo‘lardi, – deydi de la Xoyya.

44 yoshli sobiq bokschi Makgregorni yanada tezroq mag‘lub qilishini ta’kidlagan: “Jangda imkoniyatlar 50x50 bo‘lishini tushunmayman. Meyvezer so‘nggi yillarda eng zo‘rmidi? Ha. U barcha davrlarning eng yaxshi bokschilarining TOP-10dan o‘rin oladi? So‘zsiz shunday. Boshqa savolga o‘rin yo‘q“.

Makgregor va Meyvezer jangi bo‘lguniga qadar de la Xoyya bu to‘qnashuvni boksga hurmatsizlik deb baholagan. 26 avgust kuni Meyvezer 10-raundda Makgregorni texnik nokautga uchratdi.

De la Xoyya professional ringda 45 jang o‘tkazib, 39 g‘alaba (30 nokaut) va 6 mag‘lubiyat qayd etgan. 2007 yili u Meyvezerga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy bergan. U so‘nggi marta 2015 yili ringga chiqqan va shundan keyin faoliyatini yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!