O‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanma olgan karatechimiz kutib olindi

CHERY AUTO

29-30 iyun kuni Xorvatiyaning Umag shahrida karate bo‘yicha yoshlar ligasi doirasidan o‘rin olgan navbatdagi yirik musobaqa bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnir joriy yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar Olimpiadasiga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatli edi. 

Tecno

Quvonarlisi, musobaqa terma jamoamiz uchun ko‘ngildagidek yakunlandi. Qizlar o‘rtasida 53 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida tatamiga chiqqan Dildora Aliqulova finalgacha chiqib, kumush medal bilan taqdirlandi. Ikkinchi natija esa Argentina Olimpiadasi uchun etarli edi. 

Bugun tun yarmida sportchining yaqinlari, federatsiya mutasaddilari Toshkent xalqaro aeroportida qahramoniizni kutib olishdi. Yaqin 3 oy ichida murabbiylar va federatsiya vakillari o‘smirlar Olimpiadasida yuqori natija qayd etish uchun bor kuch-g‘ayratlarini safarbar etishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!