
Otabek jahon chempionati shohsupasi sari yana bir qadam tashladi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi 20-jahon chempionatida Otabek Xolmatov chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqdi.
52 kilogramm vazn toifasida ringga chiqayotgan Otabek Xolmatov tezkor zarbalari va mustahkam himoyachi bilan muxlisu mutaxassislar e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Dastlabki ikki jangda qirg‘izistonlik Fathiddin Hamroev va vengriyalik ishtvan Jakani katta hisobda mag‘lub etgan o‘zbek bokschisi chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan bahsda nikaragualik Xose Martines Kaleroga qarshi ringga chiqdi.
Ushbu uchrashuvning dastlabki soniyalardan hujumga zo‘r bergan Otabek Xolmatov uchrashuvni 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi va jahon chempionatining sovrinlari sari yana bir qadam tashladi.
Otabek Xolmatov navbatdagi bosqichda Dominikan Respublikasi vakili Luis Reynaldo Nunes Moskuya bilan kuch sinashadi.
Fikrlar