
O‘tgan tur MYuni mag‘lub etgan "Brayton" bugun "Enfild"da mehmon bo‘ladi
Bugun Angliya premer-ligasida 3-tur uchrashuvlariga start beriladi.
Hususan, shu kuni “Liverpul” o‘z maydonida o‘tgan tur “Manchester Yunayted”ni irodali tarzda mag‘lub etgan “Brayton”ni qabul qiladi.
Shu o‘rinda uchrashuvga oid ba’zi qiziqarli ma’lumotlar haqida to‘xtalib o‘tamiz. “Liverpul” “Brayton”ga qarshi o‘tkazgan so‘nggi 3ta o‘yinida raqib darvozasiga kamida 4ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Brayton” esa APLning so‘nggi 2 turida kamida o‘z darvozasidan 2ta gol o‘tkazib yubormoqda. Bundan tashqari “Brayton” premer-liganing so‘nggi 14ta safar o‘yinidan birontasida g‘alaba qozona olmay kelmoqda.
Quyida esa bugungi bahsni asosiy tarkibda boshlashi mumkin bo‘lgan futbolchilarning taxminiy tarkibini e’tiboringizga havola etamiz:
"Liverpul" - "Brayton"
Stadion: "Enfild" (Liverpul, Angliya)
Boshlanish vaqti: 21:30
Bosh hakam: Kris Kavana (Lankashir, Angliya)
Taxminiy tarkiblar:
"Liverpul": Alisson - Robertson, Deyk, Gomes, Aleksander-Arnold, Keyta, Xenderson, Veynaldum, Mane, Firmino, Salax.
"Brayton": Rayan - Montoyya, Daffi, Balogun, Bernardo, Nokaer, Stivens, Propper, March, Gros, Marrey.
Fikrlar