O‘yin payti 18 yoshli angliyalik futbolchining sog‘ligi birdan yomonlashdi va shifoxonaga olib ketildi

  • 10 fevral, 2019, 16:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Chempionshipning 31-turidan o‘rin olgan "Midlsbro"ga (1:1) qarshi o‘yin paytida "Lids" hujumchisi Jek Klarkning sog‘ligi yomonlashib qoldi.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga qaraganda 18 yoshli futbolchi o‘zini yomon his qilayotgani sabab 1-bo‘limdan so‘ng zaxiraga olingan va darhol shifoxonaga olib ketilgan. Biroq, hozircha bu vaziyat yuzasidan to‘liq ma’lumot yo‘q. Ammo, xabarlarga ko‘ra Klark shifoxonadan chiqqan va jamoasining bugungi mashg‘ulotlarida ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, Klark joriy mavsum “Lids” safida jami 16ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!