"Сити" chempionlikni boy bergan bahsda Husanov necha ballga loyiq ko'rildi?

  • 20.05.2026 02:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, bugun "Manchester Siti" "Bornmut" bilan kuch sinashib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi va chempionlik uchun imkoniyatlarini yo‘qotdi. O‘zbekiston milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov esa to‘liq uchrashuv o‘tkazdi.

Ushbu bellashuvdan so‘ng bir necha statistik portallar hamyurtimizning o‘yini turlicha baholadi.

"Fotmob" vakilimizni 6.9 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 7.0 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 6.5 ball berdi. 

Eslatib o‘tamiz, "shaharliklar" mavsumdagi so‘nggi o‘yini 24 may kuni "Aston Villa"ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!