O‘zbek derbisida Denis Istomin zafar quchdi
Qozog‘istonda tennis bo‘yicha Professional tennis uyushmasi - ATR musobaqalari taqvimidan joy olgan "Chellenjer" turkumidagi "Capital Cup -2016" xalqaro turniri yarim finalida ikki o‘zbekistonlik tennischi - Denis Istomin va Temur Ismoilov o‘zaro kuch sinashdi.
Musobaqada ikkinchi raqamda saralangan Denis Istomin yosh hamyurtiga qarshi uchrashuvda jiddiy qarshilikka uchradi. Birinchi setda 6:2 hisobida zafar quchgan Denis keyingi setda 6:7 hisobida yutqazdi.
Hal qiluvchi uchinchi setda baribir tajriba o‘z so‘zini aytdi. Denis turnirni ajoyib tarzda o‘tkazgan Temurni 6:3 hisobida mag‘lub etib finalga chiqdi.
Bosh sovrin uchun bo‘ladigan bellashuvda Denis Istomin birinchi raqamda saralangan yaponiyalik Yoshixito Nishiokaga qarshi kortga chiqadi.
Shuningdek, Denis Istomin va Mixail Elgin jutflik bellashuvlari finalida mezbon tennischilar - Temur Xabibulin va Adeksandr Nedovesov bilan raqobatlashdi va o‘yinni 6:7, 2:6 hisobida boy berdi.
SPORTS.uz

Fikrlar