O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi va 4-o‘rinni egalladi

  • 5 sentabr, 2017, 21:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Assalomalekum qadrli futbol ixlosmandlari, barchangizni JCh-2018 saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi bahsning matnli translyatsiyasiga taklif etamiz!

Tecno

90+3' Bo‘ldi, tugadi.... 0:0. Alvido, Rossiya

90' Yana 3 daqiqa o‘yinni kuzatamiz

89' Qanday imkoniyat boy berildiyayayayaya, Rashidov nega to‘pni o‘tkazib yubordmading

86' Uxxxxx darvoza to‘sini Li Don Gukning zarbasidag  so‘gsh larzaga keldi

86' Shomurodov o‘rniga Masharipov maydonga tushdi

85' Son Xen Min jarima zarbasidan to‘pni sherigiga uzatdi, himoyachilarimiz xavfni bartaraf etdi

84' Krimetsga singapurlik hakam sariq kartochka ko‘rsatdi

82' Odatdagidek, burchak zarbalari besamar ketmoqda

81' Geynriiix, darvozabon amallab Sashaning zarbasini bartaraf etdi. Burchak zarbasi

76' 15 daqiqa qoldi... Yoki bugun, yoki...

74' Geynriiiiix, sekin emas bunday Sasha

71' Anzur Ismoilov raqibning tezkor hujumini qo‘pollik bilan bartaraf etdi. Hakam sariq kartochka ko‘rsatdi

70' Rashidovga nisbatan qo‘pollik ishlatildi

64' Eroooooooon Suriyaga ikkinchi golni kiritdi, qani yigitlar 1 ta gol

58' Igor Sergeev o‘rniga Aleksandr Geynrix maydonga tushirildi

55' Go Yon Xang yiqildi, yaxshiyam penalti yo‘q, hammasi joyida

54' Samvel Babayan ikkinchi o‘zgarishni amalga oshirmoqda

53' Qatar Xittoy darvozasini ishg‘ol etdi, yigitlar gol kerak, gol

52' Server Jeparov almashtirilmoqda. Sardor Rashidov maydonga tushdi

48 - Ayni paytda Samvel Babayan ham maydonga tushib ketishga tayyor

48' Koreyalik futbolchi qaychi uslubida zarba yo‘lladi. Nesterov o‘z o‘rnida

46' Ikkinchi bo‘lim boshlandi

45'Eronliklardan Sardor Azmun o‘zini ko‘rsatdi

45' Shu pallada dastlabki 45 daqiqalik yakunlandi

45'  Eron ham gol urdi. Qoyil

45'  O‘tayotgan daqiqalar O‘zbekistonning ham Janubiy Koreyaning ham vaqtiga ishlamayapti. Balki, Suriya mundialga yaqinlashmoqda!!!

45' Birinchi bo‘limga 2 daqiqa qo‘shib berildi

38' daqiqada Azizbek Haydarov raqibiga nisbatan havfli o‘ynagani uchun ogohlantirildi

35' Odil o‘yinga qaytdi. Hammasi joyida

34' Uchrashuvning 35-daqiqasi o‘tib bormoqda. Maydonning ikkinchi yarmida Odil Ahmedovga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda

20' Haydaroooooooov! Darvoza ustuni koreyaliklarni muqarrar goldan asradi

33' Ikki futbolchi yiqilib yotibdi. Hakam jim

19' Braklar juda ham ko‘p bo‘lmoqda

11' Hoshimovning uzatmasiga hech kim etib kela olmadi

5' Janubiy Koreya juda xavfli vaziyat yuzaga keltirishdi... Xayriyat

1' Uchrashuv boshlandi

JCh-2018 saralashi. 10-tur

O‘zbekiston - Janubiy Koreya 0:0 #Tugadi

O‘zbekiston: Nesterov, Hoshimov, Ismoilov, Denisov, Krimets, Haydarov, Shukurpov, Ahmedov, Jeparov(Rashidov 52), Shomurodov(Masharipov 85), Sergeev(Geynrix 58)

Janubiy Koreya: Kim Sin Gyu, Yung Jo Vu, Kvang Chang Xon(Yom Ki Xun 64), Kim Yung Gvon, Kim Min Jae, Kim Min Vu, Ko Yo Xan, Li Kin Xo(Li Don Guk 85), Son Xen Min, Xvan Xi Chan, Chjan Xyon Su(Ku Cha Chol 44)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!