O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyligiga bitta nomzod kamaymoqda
“Napoli” va “Uotford” klubi sobiq bosh murabbiyi Valter Matstsarri faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, italiyalik mutaxassis “Sevilya” klubini boshqarishi mumkin. Chunki 56 yoshlik murabbiyning xizmatlariga ispaniyaliklar qiziqish bildirishmoqda.
Xabarlarga qaraganda, “Sevilya” klubi rahbariyati allaqachon Valter Matstsarri bilan muzokaralarni boshlagan.
Eslatib o‘tamiz, andalusiyaliklarga ustozlik qilayotgan Eduardo Berisso esa iste’foga chiqarilgan.
O‘FF "Vest Xem", "Borussiya D" va "Paxtakor" sobiq bosh murabbiylari bilan muzokara olib bormoqda
Ma’lumot o‘rnida, avvalroq O‘zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati Valter Matstsarrini MTJ bosh murabbiyligiga nomzod sifatida qarab, muzokaralar olib borilayotgan mutaxassislar orasida mavjudligi qayd etilgandi.

Fikrlar