O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi Xalqaro turnirda qatnashish uchun Bishkekka yo‘l oldi

  • 16 iyul, 2018, 09:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbol bo‘yicha turli yoshdagi ayollar va erkaklar terma jamoalariga o‘zlari ishtirok etadigan musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Tecno

Xususan, ayollar o‘rtasida o‘tkaziladigan Osiyo chempionati saralash bosqichida ishtirok etuvchi O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 16 iyuldan 23 iyulga qadar Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida tashkil etilayotgan xalqaro turnirida qatnashishi haqida avval xabar berib o‘tgandik.

Bugun tongda Ilhom Xanjariev boshchiligidagi terma jamoa a’zolari Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka yo‘l oldi.

Ushbu turnirda O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasiga Qirg‘iziston va Tojikistonning 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilaridan tashkil topgan terma jamoalari hamda Qozog‘istonning U-17 ayollar terma jamoasi raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasi qur’a natijalariga ko‘ra Osiyo chempionatining saralash bosqichida Xitoy, Iordaniya, Guam hamda Shri-Lanka terma jamoalari bilan bahs olib boradi. Saralash o‘yinlari 2018 yil 15 sentyabr kunidan 23 sentyabr kuniga qadar Shri-Lanka poytaxti Kolombo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Bishkekka yo‘l olgan O‘zbekiston U-16 ayollar terma jamoasining tarkibi quyidagicha:

Darvozabonlar:
Polyushkevich Angelina “Sevinch”
Davlatova Aziza “TerDU” (Surxon)

Himoyachilar:
Kosnikova Marina “Bunyodkor”
Qo‘chqorova Sevinch “AGMK”
Tursunalieva Fotima “AGMK”
Toshpo‘latova Rushana “Sevinch”
Alieva Durdona “Sevinch”

Yarim himoyachilar:
Sodiqova Parvina “AGMK”
Tursunalieva Zuxra “AGMK”
Xotamova Umida “Paxtakor”
Erkinova Kamola “Paxtakor”
Bahromova Azizaxon “BO‘SM” (Oqqo‘rg‘on) 
Iskandarova Nodira “So‘g‘diyona”
Saydullaeva Ug‘iloy “Sevinch”
Mamatkarimova Zarina “Metallurg”

Hujumchilar:
Jo‘rabaeva Diyora “Navbahor”
Oraniyazova Leyla “IBO‘SM” (Toshkent viloyati)
Suyunova Oysora “Lokomotiv”

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!