O‘zbekiston U-21 — Rossiya U-21 o‘rtoqlik uchrashuvi yarim soatga kechiktirildi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

O‘zbekiston U-21 terma jamoasi shu yilning 27 may kuni Rossiya U-21 termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida xabar berilgandi.

Mazkur bellashuv Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida 18:00 da boshlanishi ko‘zda tutilgan edi. Mamlakatdagi issiq ob-havo tufayli rossiyaliklar o‘yinni yarim soat keyinroq o‘tkazish taklifi bilan chiqdi va ularning taklifi qanoatlantirildi, deb xabar bermoqda O‘FF matbuot xizmati. 

Shunday qilib,  O‘zbekiston U-21 – Rossiya U-21 uchrashuvi Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida 18:30 da boshlanishi belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!