O‘zbekiston bokschilari Rossiyada ettita medalga ega bo‘ldi

  • 23.01.2017 20:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyaning Orenburg shahrida 1999-2000 yillarda tug‘ilgan bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda O‘zbekiston bokschilari bitta oltin, ikkita kumush va to‘rtta bronza medalga sazovor bo‘ldi.

 

Yigirma birinchi marotaba tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istondan jami 100 nafardan ziyod bokschi o‘nta vazn toifasida g‘oliblik uchun jang olib bordi.

Vazni 49 kilogramm bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda hamyurtimiz Xudoynazar Fayzov barcha raqiblarini engib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Final janglarida ishtirok etgan Navo Tamazov (66 kg) va Jamshid Mahamadaliev ( 91 kg) kumush, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Abdulla Kamolov (52 kg), Umirzoq Ochilov (56 kg), Temur Saidov (60 kg) va Asadbek Shodiev (64 kg) bronza medalga loyiq ko‘rildi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!