O‘zbekiston kubogi. Barcha juftliklar ma’lum. “Paxtakor” “Nasaf” bilan kuch sinashadi

  • 11.04.2017 15:54
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Kecha O‘zbekiston kubogi 1/16 final bosqichining so‘nggi o‘yini o‘tkazildi. Unda Toshkentning “Paxtakor”i mehmonda “Nurafshon” bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda “sherlar” penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib nimchorak finalga chiqqan so‘nggi klubga aylandi.

Shu tariqa, Ravshan Haydarov shogirdlari keyingi bosqchida Ro‘ziqul Berdiev shamoasi bilan to‘qnash keladi.

Quyida 1/8 final juftliklari bilan tanishishingiz mumkin:

"Lokomotiv" - "Qizilqum"

"So‘g‘diyona" - "Buxoro"

"Qo‘qon-1912" - "Metallurg"

"Paxtakor" - "Nasaf"

"Dinamo" - "Olmaliq"

"Yozyovon-Lochinlari" - "Mash’al"

"Neftchi" - "Navbahor"

"Sho‘rtan" - "Bunyodkor"

Ma’lumot o‘rnida, nimchorak finalning dastlabki o‘yinlari 21-22 mayda o‘tkazilsa, javob bahslari 30-31 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!