O‘zbekiston va Rossiya yoshlari o‘rtasidagi o‘yinni tomosha qilish bepul bo‘ladi
Bugun, 27 may kuni Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston yoshlar termasi Rossiya U-21 termasiga qarshi bahs olib boradi
O‘FF matbuot xizmati Olmaliq shahridagi OKMK sport majmuasida soat 18:30 da boshlanadigan kirish bepul ekanini ma’lum qildi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvda har ikki jamoaning 1996–1997 yillarda tavallud topgan (yoki undan kichik bo‘lgan) futbolchilari ishtirok etadi.
Qayd etish joiz, Rossiyaning 1996 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat U-16 termasi 2012 yili Evropa chempioni bo‘lgan. O‘sha yili O‘zbekiston U-16 Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgandi.

Fikrlar