O‘zbekistonlik hakam Indoneziya - Falastin uchrashuvini boshqardi

  • 9 noyabr, 2018, 09:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Bundan avvalroq Hamyurtimiz Edita Mirobidova Tailandda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada - 2020 musobaqasi saralashining 1-bosqichida ishlash uchun taklif etilgani haqida xabar berib o‘tgandik. U Eron - Livan uchrashuvida faoliyat olib bordi. O‘yin 8:0 hisobida Eron terma jamoasining foydasiga yakunlandi.

Yana bir hamyurtimiz Zilola Rahmatova esa Falastinda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada - 2020 musobaqasi saralashining 1-bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvlarga taklif etilgan. U kecha "D" guruhidan o‘rin olgan Indoneziya - Falastin uchrashuvida yordamchi hakam sifatida ishladi. O‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan tugadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!