O‘zbekistonlik hakamlar U-16 OCh saralashida ishlash uchun taklif qilindi

  • 14 sentabr, 2017, 13:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) shu yilning 16–24 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan U-16 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi o‘yinlariga rasmiylarni tayinladi. O‘zbekistonlik hakamlar ham saralash bosqichida ishlash uchun OFKdan taklif oldi.

FIFA referisi Sherzod Qosimov “S” guruhidan o‘rin olgan Eron (mezbon), Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Livan va Butan o‘smirlar terma jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarda bosh hakam, Timur Gaynullin esa hakam yordamchisi vazifasini bajaradi.

Shuningdek, o‘zbekistonlik hakam Andrey Tsapenko “D” guruhidan o‘rin olgan Nepal (mezbon), Iroq, Hindiston va Falastin ishtirokidagi uchrashuvlarda hakam yordamchisi sifatida ishlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!