
O‘zbekistonning eng yaxshi ayol sportchisi haqida nimalarni bilasiz?
Rahmonova Nilufar Ulug‘bekovna 1997 yilning 15 yanvar kuni Buxoro shahrida tug‘ilgan.
O‘zbekistonlik sportchi, 9 karra mamlakat chempioni; 5 karra Osiyo chempioni, sambo bo‘yicha Jahon miqyosida 3 karra bronza medali sohibi; sambo bo‘yicha Jahon chempionati kumush medali sohibi;
Jahon kubogi uchun kurashda bronza medali sohibi; Faoliyatini tug‘ilib o‘sgan Buxoro shahrida olib borayotgan Nilufar haqida nimalar bilasiz?
Quyida qahramonimiz zabt etgan cho‘qqilar bilan tanishishingiz mumkin:
2012 yil O‘zbekiston chempionati- 1-o‘rin;
Osiyo chempionati, Tailand - 1-o‘rin;
2013 yil O‘zbekiston chempionati - 1-o‘rin;
Gretsiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati - 3-o‘rin;
2014 yil O‘zbekiston chempionati- 1-o‘rin;
Toshkentda tashkillashtirilgan Osiyo chempionatida 1-o‘rin;
Qahramonimiz 2014 yilda O‘zbekistonda hizmat ko‘rsatgan "Sport ustasi" nomini qo‘lga kiritdi;
2015 yil O‘zbekiston chempionati- 1-o‘rin;
Latviyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida - 3 o‘rin;
2016 yil O‘zbekiston chempionati - 1 o‘rin.
Nilufar Tukrmanistonda Osiyo chempioni nomini qo‘lga kiritadi;
Ruminiyadagi Jahon chempionatida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
2017 yil O‘zbekiston chempionati- 1-o‘rin;
Toshkentda tashkillashtirilgan Osiyo chempionatida 1-o‘rin;
Osiyo Kubogi-2017 Qozoqiston - 3-o‘rin;
Serbiyada tashkillashtirilgan Jahon chempionatida kumush medal sohibi;
Nilufar Rahmonova 2017 yilning "Eng zo‘r ayol sportchisi" nomiga sazovor bo‘ldi;
2018y. Frantsiya, Parij Gran-prisi - 3-o‘rin;
Nyu-Yorkda tashkillashtirilgan, Amerika ochiq chempionatida Nilufar 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi;
Las-Vegasda "Mister Olimpiya" xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etib yana - 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Aytib o‘tish joizki, Nilufar sportga 7 yoshida kirib kelgan. Qahramonimiz Buxoro shahridagi 19-sonli maktabda tahsil olgan. 2012-2015 yillar davomida Buxoro shahrining Olimpiya zahiralari sport kollejida o‘qib, yuqori cho‘qqilarni zabt etgan.
2017 yildan buyon Nilufar oliy ta’lim muassasida Jismoniy madaniyat fakulteti "Ayollar sporti" yo‘nalishida tahsil olib kelmoqda.
Fikrlar