O‘zil: "Arsenal"ga Lyakazettdek hujumchi kelganidan xursandman
Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil “kanonirlar”ning yangi xaridi bo‘lgan Aleksandr Lyakazett haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“U juda yaxshi hujumchi. Lyakazett nafaqat bu mavsum, balki, undan oldingi mavsumlarda ham ko‘p gol urgan. Bizning oramizda shunday saviyadagi futbolchi borligidan xursandmiz.
U zarba berish holatiga kelganda juda sovuqqon va golga tashna futbolchi. Ishonamanki, u bu erda ekanligidan va biz uchun to‘p surishidan baxtli. Biz esa iloji boricha unga ko‘proq golli uzatmalar oshirib, uni yanada ko‘proq gol urishiga yordam beramiz”, - deydi germaniyalik futbolchi klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Fikrlar