O‘zil faoliyatini qachon va qaerda yakunlamoqchi ekanligini aytdi

  • 8 noyabr, 2018, 22:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil faoliyatini qachon va qaerda yakunlashi haqida aytdi.

Tecno

“Agar o‘zimni yaxshi his qilsam, 38 yoshimgacha futbol o‘ynamoqchiman. Balkim, undan 2-3 yil oldin yakunlarman. Hozir ancha yoshman. “Arsenal”dek buyuk jamoada o‘ynayotganimdan xursandman. Ishonamanki, faoliyatimni aynan shu erda yakunlayman”, - deydi germaniyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, O‘zil “Arsenal” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida ushbu jamoa safida jami 207ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 41ta gol hamda 72ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!