O‘zilning kelajagi qaysi klubda davom etadi? (Erkin G‘aybullaev tahlili)

  • 23 dekabr, 2018, 04:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Real Madrid»dan 2013-yilda Londonga ko‘chib o‘tganidan beri Mesut O‘zil uch marta Angliya Kubogini yutib oldi. Germaniya bilan esa Jahon Chempionatining bosh sovriniga ega chiqdi.

Tecno

Ko‘pchilik futbolchilar uchun bu faoliyatning “oltin davri” hisoblanishi mumkin. Ammo O‘zil uchun emas. Uning «Arsenal»dagi faoliyati parvozlardan ko‘ra pastlikka qulashlar bilan kechdi.

Uni ishlash koeffitsienti yuqori emasligida ayblashganida klub muxlislarini ikki frontga ajratib yubordi.

Venger davrida germaniyalik futbolchi ozmi-ko‘pmi ko‘rinish berardi. Shimoliy London derbisida esa Unay Emeri uni «taktik sabablar» tufayli o‘yin qaydnomasiga ham kiritmadi.

O‘tgan oyda «Bornmut»ga qarshi bahsda Emeri O‘zilni zaxirada qoldirdi va buni «juda talabchan» raqibga mos kelmasligi bilan izohladi.

Mana shunday ko‘plab sabablar O‘zilni «Emireyts» stadionidan ketishiga olib kelishi mumkin. Biroq qaerga? Uning joyi qaysi klubda bo‘lishi mumkin? Albatta u «Arsenal»dagidan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladigan biror klubga o‘tishi shubhasiz. Quyida ana shu haqida.

Orzu: «Yuventus»

«Real» uni 2013-yilda sotganida Krishtianu Ronaldu bundan xursand bo‘lmagandi. Ispan nashrlariga ko‘ra, Ronaldu o‘shanda jamoadoshlariga «O‘zilning sotilishi men uchun yomon xabar. Faqatgina u raqib darvozasi oldidan qanday harakatlanishimni yaxshi bilardi» degan ekan.

Uch mavsum ichida ushbu juftlik «Santyago Bernabeu»da ancha samarali o‘yin ko‘rsatishdi. O‘zil portugaliyalik klubdoshi uchun 27 golli uzatmani amalga oshirdi. Uning intuitsiyasi kuchli edi, biroq Karlo Anchelotti unga klubdan ketishiga ruxsat berdi.

Endi ular qog‘ozda yana qayta birlashishi mumkin. O‘zil Italiyada hali o‘ynab ko‘rmagan. «Yuventus» ancha jozibali variant hisoblanadi. Xabarlarga ko‘ra, O‘zil Ronaldu bilan qayta birga o‘ynashdan xursand bo‘lar ekan.

«Men u bilan o‘ynab zavq oldim. Chunki u meni yanada kuchliroq qilardi. U buyuk futbolchi» – degan nemis futbolchsi “to‘pchilar”ning rasmiy sahifasiga bergan intervyusida.

Bu transferga yagona to‘siq «Alyans Stedium»da Paulo Dibalaning borligi. O‘zil argentinalik futbolchini «o‘nlik» pozitsiyasidan siqarib chiqarishda qiynalishi mumkin. Shuningdek, uning so‘nggi vaqtlarda beqaror o‘yin ko‘rsatayotgani ham turinliklarni o‘ylantirib qo‘yishi mumkin.

Haqiqat: «Inter»

O‘zilni sotib olish «neradzurrilar» uchun muammo tug‘dirmaydi. Yo‘qotilgan shon-shuhratini qayta tiklashga urinayotgan yangi rahbariyat O‘zil kabi nomdor futbolchini transfer qilishi o‘z obro‘sini qayta tiklashga qo‘yilgan katta qadam bo‘lishi mumkin.

Italyan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra Luchano Spaletti jamoasi kelasi yilda Chemionlar Ligasida ishtirok etish uchun yanvarda O‘zilni olib kelishga urinib ko‘radi.

Shuningdek, uni ijaraga olish varianti ham barcha tomonlarga manzur bo‘lishi mumkin. «Inter» yuqori saviyali pleymeyker olib kelish niyatida. O‘zil A Seriyani imtixondan o‘tkazib ko‘rishi mumkin.

«Inter» qo‘shimcha yaratuvchanlik uchun minnatdor bo‘ladi. Uning «Juzeppe Meatstsa»dagi ishi Mauro Ikardining imkoniyatlarini yanada oshirishi turgan gap.

Djoker: «Manchester Yunayted»

Joze Mourino qo‘li ostidaligida «Manchester Yunayted» bir necha marta O‘zilni olib kelishi haqidagi mish-mishlar chiqqandi. O‘zil eng yaxshi o‘yinini aynan Mourino boshqaruvida «Real»da o‘tkazgandi.

«Qizil iblislar» portugaliyalik murabbiy qo‘li ostida yaratuvchanlikni yo‘qotib qo‘ydi. Shuningdek, to‘purarlik ko‘rsatkichini ham. MYu «kuchli oltilik» jamoalar orasida 29 goli bilan eng kam gol urgan klub hisoblanadi.

Mourinoning hujumkor futbol namoyish qila olmasligi uning iste’fosiga sabab bo‘ldi.

Mouning ketishi ortidan MYu transfer bozorida darhol yaratuvchan pleymeyker olib kelishga urinib ko‘radi. O‘zil 2019-yilda «Old Trafford»da o‘ynashi mumkinmi? Bunga ham ha, ham yo‘q, deya javob berish mumkin.

«To‘pchilar» o‘zida o‘ynay olmayotgan kuchli futbolchini raqibiga sotib yuborishga ko‘nadimi?

Boshqa tomondan, O‘zil Premer Ligada qolish niyatida. Bu ham uning «qizil iblislar» safiga o‘tish varianti saqlanib qolishini anglatadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!