
"Ozodi"dagi OChL finaliga FIFA prezidenti tashrif buyurdi
Ayni damda Eron poytaxti Texron shahridagi mashhur “Ozodi” stadionida Osiyo chempionlar ligasi finalining javob uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda. Ta’kidlash kerakki, hal qiluvchi bahsga Yaponiyaning “Kashima Antlers” hamda Eronning “Persepolis” klublari etib kelishgan va ushbu jamoalarning Yaponiyada o‘tgan ilk bahsida 0:2 hisobida “Kashima Antlers”ning qo‘li baland kelgan edi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda bu safargi OChL finalini shaxsan FIFA prezidenti Janni Infantino stadiondan turib kuzatib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Infantino bundan bir necha kun avval OFK Kongressida ham ishtirok etgan edi.
Fikrlar