PFL yana bir tashkilot bilan memonrandum imzoladi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumni yuqori darajada o‘tkazish, Superliga, Pro liga, ayollar chempionati va futzal bo‘yicha musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish, o‘yin va o‘yin atrofidagi voqea-hodisalarni keng qamrovda yoritilishini ta’minlash borasida qizg‘in tayyorgarlik olib bormoqda.

Tecno

Jumladan, yangi mavsum oldidan Superliganing barcha klublari futbolchi va murabbiylari ishtirokida markazlashgan holda umumiy foto va videosessiya tashkil etiladi hamda mavsum davomida bir xil andozadagi foto va videoafishalardan foydalaniladi. Bu milliy chempionatimizning o‘z brendi va uning ommalashtirilishi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda, televideniyada yoritilishi jarayonida o‘zaro hamohanglik kasb etuvchi chizma va ranglar uyg‘unligidan foydalanish imkonini taqdim etadi, deya ma’lum qiladi O‘zPFL matbuot xizmati. 

Qolaversa, Superliga uchrashuvlariga ishqibozlar e’tiborini oshirish, uchrashuvlar va ularda ishtirok etuvchi jamoalar haqida ko‘proq ma’lumotlar berib borish maqsadida har tur oldidan videorolik va anonslar taqdim etib borilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Mavsum davomida chempionat uchrashuvlarida o‘zini ko‘rsatayotgan futbolchilar ishtirokida qiziqarli videointervyular, ularning mashg‘ulotlar jarayonidan reportajlar tayyorlanib muxlislar e’tiboriga havola etiladi.

Bu borada O‘zbekiston Professional futbol ligasi Be Creative Media kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi. Bugun har ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolashdi. Ushbu kompaniya vakillari chempionat uchrashuvlari keng qamrovda yoritilishi, televideniya va ijtimoiy tarmoqlarda har tur videoanons va o‘yin atrofidagi qiziqarli voqealarni tezkorlik bilan ishqibozlarga taqdim etishda Professional futbol ligasiga yordam beradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!