
PREVЬYu. “So‘g‘diyona” -“Paxtakor”
Oliy liganing 27-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida Toshkentning “Paxtakor” klubini qabul qiladi.
UShBU MAVSUMDA
Birinchi davrada 12-turida “So‘g‘diyona” safarda “Paxtakor”ga qarshi bahs olib borgan edi. Ushbu bahsda Sarvar Jo‘raev 34 daqiqada hisobni ochgan edi. Ko‘p o‘tmay 36 daqiqada Igor Sergeev hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Sherzod Xakamov 37 daqiqada hisobni 2:1 ko‘rinishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 76 daqiqasida Azamat Isroilov hisobni tenglashtirishdi 2:2. 87 daqiqada Adnan Orahovats hisobni 3:2 ko‘rinishiga olib kelgan edi va shu tariqa “Paxtakor ” o‘yinda g‘alaba qozongan edi.
“So‘g‘diyona” o‘tgan turda safarda “Sho‘rtan” ga qarshi bahs olib borgan edi va 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. “Paxtakor ” o‘z maydonida “Bunyodkor” ni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
“Paxtakor ” 50 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turgan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 28 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.
“So‘g‘diyona” (Jizzax) – “Paxtakor” (Toshkent)
Hakamlar: T. To‘xtasinov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent)
O‘zPFL vakili: V. Shtern
O‘ZARO USTUNLIK
“So‘g‘diyona” hamda “Paxtakor” klublari oliy ligada shu kungacha 43 bor kuch sinashishgan.“Paxtakor” hisobida 35 ta, “So‘g‘diyona” hisobida 4 ta g‘alaba mavjud. 4 o‘yinda durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatida ustunlik “Sherlar” tomonida: 144:37. “Paxtakor” o‘zaro o‘yinlarda 109 ochkoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa ,jizzaxliklar 16 ochkoni qo‘lga qiritgan. “Paxtakor”ning eng yirik g‘alabasi 6:1, “So‘g‘diyona”ning eng yirik muvaffaqiyati 3:0.
“So‘g‘diyona” maydonida o‘tgan barcha uchrashuvlar:
11.06.2016 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:1
23.05.2015 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:3
14.06.2014 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:1
05.05.2013 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:0
10.04.2011 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:2
25.04.2009 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:2
05.07.2008 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:2
17.09.2006 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 4:2
07.11.2005 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:3
08.04.2004 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:2
27.04.2002 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:3
30.05.2001 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:3
22.04.2000 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:2
18.05.1999 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 3:2
08.06.1998 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:1
20.07.1997 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:2
16.08.1996 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 3:1
15.08.1995 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:3
24.11.1994 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 1:1
19.04.1993 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 0:1
02.08.1992 «So‘g‘diyona» - «Paxtakor» 4:2
O‘ZARO O‘YINLAR HAQIDAGI FAKT:
Jizzaxdagi 21 ta o‘yindan 3 tasida “So‘g‘diyona”, 15 tasida “Paxtakor” g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan.
O‘YIN VAQTI VA JOYI
Yoshlar ligasi bahsi 2 noyabr kuni soat 15:00 da “So‘g‘diyona” qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Asosiy tarkib uchrashuvi 3 noyabr kuni 17:00 da “So‘g‘diyona” stadionida o‘tkaziladi.
“PAXTAKOR” DAGI TANISh FUTBOLChILAR
2005-2006 yillarda Kamoliddin Tojiev,2008-2009 yillarda hozirgi kunda “Paxtakor” sharafini himoya qilayotgan posbon Aleksandr Lobanov , 2014-2015 yillarda Jasur Hakimovlar “So‘g‘diyona” sharafini ximoya qilishgan
Fikrlar