
PSJ mobodo Areolya jamoani tark etsa, o‘rniga Donnarummani olib keladi
Italiyaning “Milan” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma hamon PSJning qiziqishlar doirasida bo‘lib turibdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra agar parijliklar posboni Alfons Areolya “Roma”ga o‘tib ketadigan bo‘lsa, u holda rahbariyat aynan 19 yoshli italiyalik darvozabon bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
PSJ yaqin kelajakda aynan Donarummani “Park de Prens”ga ko‘chib o‘tgan hamyurti Janluiji Buffonga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonmoqda.
Qizig‘i, Donnarumma va Areolyaning agenti ham bitta - Mino Rayola.
Fikrlar