PSJ 40 yoshli Buffon bilan shartnomani uzaytirmoqchi

  • 4 noyabr, 2018, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon kelasi mavsumni ham PSJda o‘tkazadi.

Sky Sports nashri tarqatgatgan xabarga qaraganda parijliklar 40 yoshli tajribali posbon bilan amaldagi shartnomani 2020 yilning yozigacha uzaytirishmoqchi. Eslatib o‘tish lozimki, Buffon dastlab Frantsiya chempioni bilan bir mavsumga shartnoma imzolagan edi.

Ma’lumot uchun, Buffon joriy mavsum PSJ safida jami 7ta o‘yinda maydonga tushdi va ushbu bahslarning 3tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!