PSJ Areolaga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 20.12.2018 14:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiyaning amaldagi chempioni hisoblangan PSJ o‘zining iqtidorli darvozaboni Alfons Areola bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

RMC nashri tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 25 yoshli posbonga 2023 yilga qadar tuzilgan shartnoma taklif qilmoqchi. Qayd etish lozimki, uning amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Areola joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 6ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!