PSJ Donnarumma uchun 40 mln evrodan voz kechishga tayyor
Yana bir yildan so‘ng erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan “Milan” darvozaboni bilan PSJ klubi jiddiy qiziqa boshladi.
Il Giornale nashrining ma’lum qilishicha parijliklarning yangi sport direktori Antero Enrike ertaga Italiyaga borib, bu borada muzokaralarni boshlaydi. Xabarlarga qaraganda PSJ 18 yoshli golkiper uchun 40 mln evro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donnarumma “Milan” taklif qilgan yillik 4 mln evroli taklifni rad etgan edi.
"MYu"ga kerak bo‘lmay qolgan Ibragimovich "Milan"ga qaytishi mumkin
Bilasizmi, Mino Rayola "Real"ga Donnarummani sotib olishni taklif qilgan

Fikrlar