
PSJ "Lion"ning 82 yillik rekordini qulata oladimi?
Nitstsa shahridagi «Alyants River» stadionida kechgan uchraguvda parijliklar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa PSJ mavsum startida Frantsiya chempionatidagi dastlabki sakkiz o‘yinning barchasida g‘alaba qozongan ikkinchi jamoa bo‘ldi.
Boisi, 1936/37 yilgi mavsumda "Lion" ham aynan shunday natijaga erishgan edi, ammo Tomas Tuxel shogirdlarida bu borada mutlaq rekordchi bo‘lib olish imkoni bor.
Buning uchun esa parijliklar kelgusi turda aynan "Lion"ni mag‘lub etishlari talab etiladi.
Fikrlar