
PSJ “Real”ga qarshi o‘yin oldidan g‘alaba qozondi
Hozirgina Frantsiya chempionati 25-turidan o‘rin olgan “Tuluza” hamda PSJ jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Mazkur o‘yinning 68-daqiqasida Neymar tomonidan kiritilgan gol parijliklarga g‘alaba olib keldi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ 13 fevral kuni EChL 1/8 finali doirasida Madridda “Real”ga qarshi bahs olib boradi.
Frantsiya chempionati. 25-tur
Tuluza – PSJ 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 68 Neymar.
Tuluza – Lafon, Yago, Diop, Amen Adu, Blen, Silla, Imbula, Kayuzak, Gradel, Jan (Mubele, 74), Sanogo (Delor, 77).
PSJ – Areolya, Markinos, Berchiche, Dani Alves, Kimpembe, Lo Chelso, Diarra (Verratti, 61), Rabo (Pastore, 71), Di Mariya (Draksler, 71), Neymar, Mbappe.
Ogohlantirishlar: Rabo (20), Jan (40), Gradel (41), Sanogo (45), Diarra (55), Yago (59).
Fikrlar