Dahshat! Ronaldu yangi shartnoma bo‘yicha qancha pul topishi oshkor bo‘ldi

  • 27 iyun, 08:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futboli tarixida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubi bilan yana ikki yillik shartnoma imzoladi.

Tecno

Nufuzli manba – The Sun ekspertlari 40 yoshli to‘purarning yangi bitim bo‘yicha keyingi ikki yil davomida qancha mablag‘ ishlab topishini hisoblab chiqdi.

Hisob-kitoblarga qaraganda, Ronaldu shayxlar bilan hamkorlik davomida 492 million funt sterling (575,64 million evro) miqdorida daromad ko‘rishi kutilmoqda.

Uning “An-Nasr”da o‘ynayotgani uchun yillik maoshi 178 million funtni tashkil qiladi. Hujumchi bunga qo‘shimcha tarzda 24,5 million funt bonus oladi. Agar u ikkinchi yili ham klubda qoladigan bo‘lsa, bu bonas 38 million funtga oshiriladi.

Bundan buyon Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” klubining 33 million funtga baholanayotgan 15 foiz aktsiyasiga egalik qiladi. Navbatdagi mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni Professional ligasining to‘purar bahsida g‘olib chiqib, “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritsa, unga 4 million funt miqdorida mukofot puli oladi. Klub Ronaldu boshchiligida mamlakat chempioni bo‘lgan taqdirda unga 8 million funt bonus to‘lanadi.

Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan tuziladigan homiylik shartnomalari portugaliyalik yulduzning daromadlariga yana 60 million funt qo‘shishi kutilyapti.

Ronaldu Riyod shahrida o‘zini qulay his qilishi uchun unga jami 16 nafar xodim, uchta haydovchi, to‘rtta xizmatchi, ikkta oshpaz, uchta bog‘bon hamda to‘rt nafar qo‘riqchi xizmat ko‘rsatadi.

Eng muhimi esa, Krishtianu Ronalduda turli bonuslar hisobiga ko‘rsatilgan mablag‘lardan tashqari qo‘shimcha daromad olish imkoniyati ham berilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!