
PSJ etakchi futbolchilaridan birini shartnomani uzaytirishga ko‘ndirdi
PSJ klubi o‘zining italiyalik yarim himoyachisi Marko Verratti bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Paris United nashri tarqatgan xabarga ko‘ra yangi kelishuv 2024 yilga qadar imzolanadi. Unga ko‘ra Verrattining yillik maoshi 10 mln evroga etadi.
Ma’lumot uchun, Verratti parijliklar safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida PSJ bilan jami 19ta sovrinni qo‘lga kiritdi. U joriy mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 1ta goliga assistentlik qilishga erishdi.
Fikrlar