
PSJ katta maosh evaziga "Milan" sardorini o‘z safiga qo‘shib olishga urinmoqda
Frantsiyaning PSJ klubi "Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchini sotib olish fikridan qaytmayapti.
Football Italia tarqatgan xabarga ko‘ra parijliklar 31 yoshli italiyalik futbolchi uchun yiliga 10 mln evro maosh taklif qilishmoqda. Taqqoslash uchun, ayni damda Bonuchchining “rossonerilar” safidagi yillik maoshi 7,5 mln evroni tashkil etadi.
O‘z navbatida “Milan” etakchi himoyachisi uchun 40 mln evro talab qilishmoqda. Xabarlarga qaraganda Bonuchchiga PSJdan tashqari "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" hamda "Chelsi" kabi APL grandlari ham kurash olib borishmoqda.
Fikrlar