PSJ qishda "Zenit" futbolchisini sotib olishni ko‘zlamoqda
PSJ klubi "Zenit" yarim himoyachisi Leandro Paredesning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Paris United nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra Frantsiya chempioni 24 yoshli argentinalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki trnsferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi va buning uchun piterliklarga 25 mln evro to‘lashga tayyor. Biroq, “Zenit” ushbu futbolchini kamida mavsum yakuniga qadar o‘z safida olib qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Paradesga shuningdek “Milan”dan ham jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Parades joriy mavsum “Zenit” safida jami 20ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning rus klubi bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar