PSJ qishki transferlar uchun qancha mablag‘ ajratdi?

  • 01.11.2018 15:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ klubiga qishki transferlar uchun qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Frantsuz nashrlarining yozishicha parijliklar rahbariyati davralar oralig‘idagi xaridlar uchun bosh murabbiy Tomas Tuxelga bor yo‘g‘i 30 mln evro ajratishgan.

Berilgan ma’lumotlarga qaraganda germaniyalik mutaxassis ushbu mablag‘ evaziga tarkibga yangi yarim himoyachi sotib olishni rejalashtirmoqda. Boisi, Tyago Motta faoliyatini yakunlagach jamoada aynan mana shu chiziqda jiddiy muammolar paydo bo‘la boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, PSJ Frantsiya chempionatining o‘tgan 11ta turining barchasida g‘alaba qozonib, musobaqa jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!