Pablo Sabaleta 9 yil o‘tib “Manchester Siti” bilan xayrlashdi (Foto)
“Manchester Siti” jamoasi bugun tunda “Vest Bromvich” bilan o‘z maydonida APL 34-tur qoldirilgan o‘yinida to‘qnash keldi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Mazkur uchrashuv Pablo Sabaleta uchun “Man Siti” libosida “shaharliklar” maydonidagi so‘nggisi bo‘ldi. 9 yillik faoliyatidan keyin argentinalik himoyachi klubni tark etadi.



Ma’lumotlarga ko‘ra, katta tajribaga ega bo‘lgan Sabaleta Londonning “Vest Xem” klubi bilan kelishuvga erishgan.

Fikrlar