
Pako Alkaser Bundesligada hammadan tez gol urmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Pako Alkaser Bundesligada tez gol kiritish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatgichga ega bo‘lib turibdi.
Opta nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik futbolchi Germaniya chempionati uchrashuvlarida har 29 daqiqada bitta gol urmoqda. Bu borada Pakodan keyingi o‘rinlarda “Bayer” hujumchisi Yoel Poxyanpalo bormoqda. Uning har bir goli o‘rtacha 42 daqiqaga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya" kecha Alkaserning transfer huquqini "Barselona"dan to‘liq sotib olgan edi.
Fikrlar