Pakyao va Xorn revansh jangi Brisbenda bo‘lib o‘tadi

  • 21.08.2017 16:30
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Brisben meri Grem Kuirkning so‘zlariga ko‘ra, sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao va avstraliyalik Jeff Xorn o‘rtasidagi revansh jangi ushbu shaharda bo‘lib o‘tadi. Jang shu yili tashkil qilinadi.

20 avgust kuni shahar meri bokschilar promouterlari bilan muzokaralar olib borgan. Ularning birinchi jangi iyulda Brisbenda tashkil qilingan va ochkolar bo‘yicha Xorn g‘alaba qozongan.

Ajoyib yangilik! Pakyao shu yili Xorn bilan revansh jangini o‘tkazadi, – deya Kuirkning so‘zlarini keltiradi Brisbane Times nashri. – Jang Brisbenda bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi o‘rta vazn toifasining WBO jahon chempionligi uchun kechadigan bellashuv noyabr oyida "Sankorp Stedium" arenasida tashkil qilinadi. Stadion o‘z bag‘riga 52 000 muxlisni sig‘dira oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!