Paolo Maldini "Milan"ga qaytadi

  • 5 avgust, 2018, 16:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning “Milan” klubi afsonalaridan biri Paolo Maldini yana “rossonerilar” safiga qaytishi mumkin.

Tecno

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra  50 yoshli mutaxassis “Milan”da vitse-prezident lavozimida ish boshlaydi va klub rahbariyati bugun bu haqda rasman e’lon qiladi. Ta’kidlash kerakki, Maldini aslida sport direktori lavozimiga tayinlanishi lozim edi. Biroq, ayni damda bu imkonsiz. Chunki, ushbu lavozimni egallash uchun Maldini maxsus o‘quv kurslarini tamomlashi kerak.

Ma’lumot uchun, Maldini o‘zining futbolchilik faoliyati “Milan”ga bag‘ishlagan. U 1984 – 2009 yillarda “rossonerilar” sharafini himoya qilgan va 900dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!