
Pavar APL grandining jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi
Germaniyaning "Shtutgart" klubi himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra Londonning “Tottenxem” klubi 22 yoshli frantsuzga jiddiy qiziqish bildira boshlagan. Gap shundaki, “shporlar” Pavarni kelajakda jamoaning asosiy himoyachisi hisoblangan Tobi Alderveyreldga munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda davom etayotgan JCh-2018 musobaqasida yorqin o‘yinlar ko‘rsatayotgan Pavarga ko‘plab Evropa grandlari qiziqish bildirishmoqda.
Fikrlar