"Paxtakor" "Neftchi"dan o‘zib ketdi

  • 13 noyabr, 2018, 12:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bungacha "Paxtakor" 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2010 va 2012 yillarda yoshlar ligasida mavsumni eng yuqori pog‘onada yakunlashgandi. Bu safar esa 8-chempionlik qo‘lga kiritildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha "Paxtakor" 7 chempionlikka ega "Neftchi"dan o‘tib ketdi. "Bunyodkor" yoshlari 5 bor g‘olibga aylanganlar.

Tecno

Mavsumni barqaror o‘tkazgan "Paxtakor" yoshlar jamoasi 6 yillik tanaffusdan keyin yana liganing eng kuchli jamoasi nomini o‘ziga qaytarib oldi. Ushbu muvaffaqiyat qo‘lga kiritilishida klub rahbariyatidan tortib akademiya xodimlarining xizmatlarigacha e’tirof etib o‘tish lozim. Stanislav Kudryashov boshchiligidagi jamoa mavsum tugashidan 4 tur avval peshqadamlikni naqd qilib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!